Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimi TKTI Yangiyer filiali talabalariga dars o‘tadi

Akmaljon Maxmudaliyev Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari bilan uchrashdi. Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqotda viloyat hokimi o‘z tajribasidan kelib chiqib, oliygohda egallangan bilimlarni kelgusidagi kasbiy faoliyatda to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha muhim tavsiya va maslahatlarini berdi.

Yigit-qizlarning qiziqishlari, istak va kelajak rejalari eshitilib, barcha taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Xususan, viloyat hokimi har chorakda bir marotaba yuqori bosqich talabalari uchun dars o‘tadigan bo‘ldi.

Uchrashuv doirasida talabalarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi, ilmiy-texnikaviy ishlanmalar taqdimoti, “Zakovat” intellektual o‘yini va sport musobaqalari tashkil qilindi.

Faol talabalarga Toshkent shahriga sayohat yo‘llanmasi, tashakkurnoma va kitoblar jamlanmasi topshirildi. Akmaljon Maxmudaliyev, shuningdek, filial qoshida ochilgan "Yoshlar sanoat texnoparki" faoliyati bilan ham tanishdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish