Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda Xitoy texnologiyasi asosida chigit ekish ommalashtiriladi

"Poly tex Sirdaryo" paxta-to‘qimachilik klasteriga qarashli dala maydonida “Xitoy texnologiyasi asosida chigit ekishning afzalliklari” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda sektorlar rahbarlari, mutaxassislar, klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.

Qishloq xo‘jaligi sohasi, xususan paxtachilikda ilmga asoslanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash, xarajatni minimallashtirish va daromadni ko‘paytirish bugungi kunning muhim talabi. Shu nuqtai nazardan o‘tgan yildan boshlab Sirdaryo tumanida 406 gektar maydonda tajriba tariqasida Xitoy texnologiyasi asosida plyonka ostiga chigit ekildi.

Ayni usulning o‘ziga xosligi shundaki, chigit ekish, plyonka to‘shash va tomchilatib sug‘orish uchun shlang yotqizish ishlari zamonaviy texnika yordamida bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu fermerlar uchun vaqt va mablag‘ni tejash imkonini beradi. Chigit urug‘i 5-6 kundan so‘ng, anʼanaviy usullardan foydalanish bilan taqqoslaganda taxminan besh kun oldin, bo‘y cho‘zadi. Hosildorlik 50 sentnerdan ortadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilda viloyat bo‘yicha jami 3 ming gektar maydonga Xitoy texnologiyasi asosida chigit ekiladi. Kelgusi mavsumda mazkur yangi usulni yana-da ommalashtirish rejalashtirilmoqda, shuningdek, ekish jarayoni hamda agrotexnik tadbirlarda xitoylik agronomlar klaster va fermer xo‘jaliklariga ko‘maklashadi. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, avvalo, Sirdaryoda paxtachilik sohasini yangi pog‘onaga olib chiqishdan iborat.

Bugungi seminar davomida mutaxassislar tomonidan Xitoy texnologiyasini qo‘llashning afzalliklari haqida batafsil maʼlumot va ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi. Qatnashchilar ekish jarayonlariga ham bevosita guvoh bo‘lishdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish